Biologik ifloslanish – ekotizimga unga yot bo‘lgan organizm turlarining kiritilishi va ularning ko‘payishi. Mikroorganizmlar bilan ifloslanishga bakterioligik yoki mikribiologik ifloslanish ham deyiladi.
Biologik soat – organizmlarda tabiat hodisalari va fasllarning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan fiziologik, biyokimyoviy o‘zgarishlar.
Biosfera [yun. “BIOS” – hayot, “sphaira” – shar] – er qobig‘idan (sferalaridan) biri bo‘lib, uning tarkibi va energetikasi, asosan, tirik modda faoliyati bilan belgilanadi. E.Zyuss tomonidan 1875-yilda kiritilgan bu atama V.I.Vernadskiyning ilmiy izlanishlari natijasida er sayyorasining butun sirtini anglatadigan bo‘ldi. B. troposfera, litosfera va gidrosferani o‘z ichiga qamrab oladi; qalinligi 30-40 km. sin. Ekosfera.
Biota [yun. “biote” – hayot] – organizmlarning tarqalish mintaqasi umumiyligi tufayli birlashib, tarixan shakllangan turkumi.
Biotsenoz [yun. “BIOS” – hayot, “koinos” –umumiy] – o‘simliklar, zamburug‘lar, hayvon va mikroorganizmlarning o‘ziga xos tarkibga hamda o‘zaro va atrof muhit bilan bo‘lgan munosabatlarga ega majmuasi. Atama K.Myobius tomonidan 1877-yilda kiritilgan. Odatda, B. bir geotsenoz va bir geotonga tegishliligi nazarda tutiladi.
Bug‘xona yoki issiqxona effekti [ingl. greenhouse effect] – atmosferada er yuzasidan uzun to‘lqinli issiqlik nurlanishiga xalaqit beruvchi uglevodorod (karbonat angidrid, is gazi) va ftor-xlor-uglevodorod birikmalarinig asta-sekin ko‘payishi natijasida erdagi haroratning ko‘tarilishi va iqlimning umumiy issiqlanishi.
Genofond yoki genetik fond [yun. “genos” – avlod kelib chiqish, va lot. “fondus” – asos] – individlar guruhi genlari to‘plamidagi nasliy axborot. Ba’zida G. deb, barcha tirik organizm turlari majmui tushuniladi.
Geoaxborot tizimi (GAT) – er to‘g‘risidagi fanlar majmuasining ma’lumot va bilimlarini kompyuter orqali aks ettirish vositasi.