Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə97/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Toksiklik, zaharlilik – ba’zi bir kimyovy birikmalarning organizmlarga zararli, hatto o‘limga olib kelivchi ta’sir ko‘rsatish xususiyati.
Trofik zanjir (ozuqa zanjiri, oziqlanish zanjiri) [yun. “trophe” – ozuqa] – organizmlarning ekotizmdagi modda va energiyaning o‘zgarishini amalga oshiruvchi o‘zaro munosabatlari; ozuqa – iste’molchi munosabatlari orqali bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan turlar guruhlari (yani har bir to‘plam o‘zidan keyingi to‘plam uchun ozuqa bo‘lib xizmat qiladigan zanjir).
Tuproq tanazzuli – tuproqning biota yashash muhiti sifatida, hamda tabiiy yoki antropogen ta’sirlar natijasida tuproq unumdorligi, uning xususiyatlarining muttasil yomonlashishi.
Tuproqning kuchsizlanishi – tuproqdan nooqilona foydalanish yoki tuproq mahsuldorligining pasayishiga olib keluvchi tabiiy rivojlanish jarayoni natijasida tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarining kamayib ketishi.
Tuproqning ifloslanish darajasi – tuproqdagi iflosliantiruvchi modda miqdorining uning maksimum ruxsat etish darajasi qiymatiga nisbati.
Tuproqning sho‘rlanishi – asosan, grunt suvlarining bug‘lanishi, o‘zak jinslarining sho‘rligi bilan tuproqda erigan tuzlarning to‘planishishini (sho‘rxoklanishini) keltirib chiqaradigan jarayon.
Turlar xilma-xilligi indeksi – turlar miqdori va biron-bir ko‘rsatkich (soni, biomassasi, mahsuldorligi va boshqalar) o‘rtasidagi nisbat.
Urbanizatsiya – shaharlarning o‘sishi va rivojlanishi, shahar aholisi mavqeining mamlakat, hudud, jahon miqyosida o‘sishi.
Fauna [lot. “fauna” – qadimgi Rim mifologiyasida dala va o‘rmonlar hukmdori, chorvalar homiysi] – muyyan hududda yashagan (yoki yashayotgan) barcha hayvon turlarining evolyusiya jarayonida tarixan shakllangan majmuasi. Hayvonot olamining iborasi bilan bir xil ma’noni anglatadi.
Fitosenoz [yun. “phyton” – o‘simlik va “koinos” – umumiy] – er yuzasining bir turdagi hududini egallagan, muayyan tarkib, tuzilish, bichim hamda o‘simliklarning bir-biriga bo‘lgani kabi, ularni o‘rab turgan muhit bilan munosabatlarini ifodalaydigan (tavsiflaydigan) o‘simliklar majmui.
Flora – muayan hududni egallagan barcha o‘simlik turlarining tarixan tarkib topgan va rivojlanib kelayotgan guruhi. Atama o‘simlik to‘plami va o‘simliklar qoplamalari atamalari bilan bir xil ma’noni anglatadi.
Fotosintez [yun. “photos” – yoro‘g‘lik va “synthesis” – birlashish] – yashil o‘tlar, suv o‘tlari va ayrim mikroorganizmlar to‘qimalarida yorug‘lik ta’siri ostida uglekislota va suvdan organik moddalarning hosil bo‘lishi va kislorodning ajralib chiqishi.
CHo‘llashish – cho‘llarning (sahroning) qo‘shni hududlar hisobiga kengayishi. CH. ham tabiiy shartlar evaziga, ham tabiatga bo‘lgan antropogen ta’siri oqibatida sodir bo‘ladi.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin