Maqola va uning turlari. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi.
Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilarga yetkazish - asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola ma’lum bir masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi.
Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi.
Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek, to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Xulosa. a) o‘rganilayotgan tilda muloqot malakasi egallandi.
b) talabalarda o`zbek tilining qоidalari yuzasidan o‘rta umumiy ta`limdan olgan bilimlarini mustahkamladik.
v) milliy tuyg‘u bo‘lgan Vatan tuyg‘usi kabi fazilatlarni rivojlantirdik.
Uyga vazifa: mavzuni o‘qib-o‘rganib kelish “O‘zbekiston – yagona vatan!” mavzusida matn tuzib kelish.