O‘zbеkistоn rеspublikаsi



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə44/90
tarix28.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#169277
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90
Tashkil etish. Muhokama ikki xil yo‘lda tashkil etilishi mumkin.
Birinchisi - vertikal usul, bunda afzalliklar va kamchiliklar alohida ko‘rib chiqiladi.
Ikkinchisi - gorizontal, bu usulda esa mavzu turli nuqtai nazardan yoritiladi.
Vertikal Salbiy tomoni: Qamoqxonalar qimmat, ularni “jinoyat universitetlari" deb atash mumkin, ko ‘p mahbuslar qamoqxonani tark etgandan so ‘ng ham yana jinoyatga qo ‘l urishadi, aksar mahbuslar tuzatib bo ‘lmaydigan ma ’naviy kasallikka chalinishadi.
Foydali tomoni: Qamoqxonalar xavfli jinoyatchilarni jamiyatdan butunlay ayirib qo ‘yishadi, jinoiy harakatlarni oldini oladi, jinoyatni ja zosiz qoldirmaydi.
Muhokama: Mamlakatlarda jinoyatchilar soni oshib bormoqda, ammo qamoqxonalar doimo jamiyatda ularga qarshi kurashuvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
Gorizontal Iqtisodiy: Jinoyatchilarini saqlash xarajatlarini ta’minlaydi. Boshqacha jazo turlari bilan taqqoslang.
Axloqiy: Qamoqlar jinoyatchilarni o‘zgartirib yuboradimi? Mahbuslarning qanday huquqlari bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz? Nohaq qamashga nima sabab bo ‘ladi?
Ijtimoiy: Qamalishning mahbus oilasiga ta’siri, ayniqsa u farzandli ayol bo ‘lsa. Qolaversa, begunoh qurbonlarning erta o ‘limi-chi?
Muhokama: Mamlakatlarda jinoyatchilar soni oshib bormoqda, ammo qamoqxonalar doimo jamiyatda ularga qarshi kurashuvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
Qaysi shakl afzalroq ekan, sizningcha Quyidagi (vertikalmi, gorizontalmi)?
mavzuda esse yozishingiz talab etiladi:
Jadvalga fikrlaringizni yozib qo‘ying (ijobiy va salbiy xususiyatlarini ajratgan holda). So‘ng esa vertikal yoki gorizontal strukturalardan birini belgilab oling.
Masalan, quyidagi esse mavzusi ko‘rsatilganidek ikki xil uslubda muhokama qilinishi mumkin: qamoqxonalarning jinoyatchilardan foydala-nishi cheklanishi kerak.Muhokama qilinadi.


Taqriz va uning tuzilishi

Taqriz - adabiy tanqid janri bo‘lib, arab tilida ijobiy baho degan ma’noni anglatadi. Yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi. Asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi.O‘zbek adabiyotida taqriz XX asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda taqriz o‘zbek adabiy tanqindchiligining eng muhim janrlaridan bo‘lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G‘afur G‘ulom kabi yozuvchilar, Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M.Qo‘shjonov, Haqqulov va boshqa olimlar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar.


Ichki taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi. Biroq, taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi,rus tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G.Belinskiyning roli katta. U taqrizni haqiqiy san’at darajasiga ko‘tardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki ma’lumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini ko‘taruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida o‘ylashga o‘rgatuvchi uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Masalan, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik ma’lumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maqola taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi.
Tezis - (yunoncha thesis qoida, isbot) degan ma’nonni anglatadi. 1) keng ma’noda - bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; 2) tor ma’noda - asosiy fikr, prinsip; 3) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza; 4) ma’ruza, ma’lumot, xabarning asosiy mazmunini qisqacha aks ettiirish.
Rezyume - fransuzcha so‘z bo‘lib, yozilgan, aytilgan yoki o‘qilgan narsaning qisqa holatda aks ettirish, qisqacha xulosa, biror narsaning yakuniy natijasi.



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin