Uyga vazifa: mavzuni o‘qib-o‘rganib kelish “O‘zbekiston – yagona vatan!” mavzusida matn tuzib kelish.
Adabiyotlar:
Muhitdinоva Х., Salisheva Z., Po‘latоva Х. O‘zbek tili. (оliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik) – Tоshkent, O‘qituvchi, 2012. – 288-b.
Nоmatоva Sh. Abldurahmоnоva M. O‘zbek tili. (darslik) – Tоshkent, JIDU, 2014. – 192-b.
Fayzullayeva Sh., Azimоva N., Usmоnоva G. O‘zbek tili. (оliy o‘quv yurtlarining iqtisоdiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma) – Tоshkent, Iqtisоdiyot, 2012. – 108-b.
O‘zbek tilining izоhli lug‘ati (5 jildli). – Tоshkent., O‘zbekistоn milliy ensiklоpediyasi, 2005-2008.
Reja: 1.Esse haqida ma’lumot.
2.Ilmiy uslub haqida ma’lumot.
3. Publitsistik uslub haqida ma’lumot.
Tayanch tushunchalar:Zamonaviy ilmiy tadqiqot.
Esse va uning tuzilishi. Esse erkin kompozitsiyali uncha katta bo‘lmagan nasriy asardir. Esse falsafiy, tarixiy biografik, publitsistik, adabiy tanqidiy, ilmiy ommabop va sof beleristik xarakterda bo‘ladi. Esse uslubi obrazliligi, ofaristikligi, jonli tilga yaqinliligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal
Umuman, esse ilmiy yoki publitsistik xarakterdagi ocherkka o‘xshashdir. tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat bo‘ladi.
Mustaqil janr sifatida A.Montel ijodida tarkib topgan. Bu janr G‘arbda oldinroq ishlatilgan bo‘lsa-da, o‘zbek adabiyotida XX asrning 70-80-yillaridan esse yaratila boshlandi.
Talabalarning faqatgina umumiy tushunchalar bilan tanish ekanligi yetarli emas. Talabalar har qanday mavzudagi qarama-qarshi fikrlar va qarashlarni o‘zlashtirishlari, ya’ni ularni tahlil va kerak bo‘lsa tanqid qilib ham o‘rganishlari talab qilinadi. Muhokama va bahs olib borish usullari va ilmiy tarzda o‘z xulosalaringizni taqdim etish yo‘llari muhim ahamiyatga ega.
Har yili millionlab talabalar chet mamlakatlarda o‘qishni tanlashadi. Buning sezilarli (a)_______ bo‘lishi mumkin, qaysiki boshqa bir madaniyat bilan tanish bo‘lish imkoniyatidek, ammo vatanni qo‘msash, yakkalanib qolish kabi muayyan (b)_________ ham qamrab oladi. Boshqa bir (c)_____________ tomoni yashash xarajatlari va u yerdagi narxlarning balandligi bo ‘lishi mumkin.