O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   410
MIKRO MAKRO

 
Qisqa xulosalar 
Monopol 
hokimiyatga 
ega 
bo‘lgan 
firmalarning 
narxni 
belgilash 
strategiyasining asosini iste’molchi ortiqchaligini egallash orqali qo‘shimcha foyda 
olish usullari tashkil qiladi. Monopolistlarning jamiyatga ta`sir qiluvchi salbiy 
tomonlari borligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Yiriklashgan firmalar o‘z 
mahsuloti sifatini oshirishga va uni tez-tez yangilashga alohida e`tibor beradi, deb 
bo‘lmaydi. Ushbu firmalarda yaratilgan yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilishni 
ko‘p hollarda to‘xtab qolishini ham ko‘rish mumkin. 
Narxlar diversifikatsiyasi (narxlarni iste’molchilarning imkoniyatlariga qarab 
har xil darajalarda belgilash) uch xil bo‘lishi mumkin: iste’molchi daromadiga ko‘ra, 
iste`mol hajmiga va tovarlar turiga ko‘ra. 


212 
Iste’molchilar daromadiga ko‘ra narxlarni belgilashning
ideal varianti har 
bir xaridorning imkoniyatidan kelib chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga maksimal 
narx belgilashdir. Ushbu maksimal narxni xaridorning rezerv narxi deb qaraladi. Har 
bir xaridor uchun rezerv narx belgilashga iste’molchilarning daromadiga ko‘ra 
narxlarni ideal diversifikatsiyalash deyiladi. 
Iste`mol hajmiga ko‘ra narxlar diversifikatsiyasi. 
Ba’zi bir tovarlarga 
bo‘lgan talab u tovarni ishlab chiqarish va sotish oshgan sari kamayib boradi. Bunday 
tovarga elektr energiyasi misol bo‘la oladi. Har bir iste’molchi bir oyda ma`lum 
miqdordagi (kilovatt/soat) elektroenergiyaga pul to‘lab, undan ortiqchasiga to‘lash 
qobiliyati pasayib boradi. 
Tovarlar kategoriyasiga ko‘ra narx differentsiasiyasi. 
Ushbu turdagi narx 
differentsiatsiyasi xaridorlarni ularning talab chizig‘iga ko‘ra ikki yoki undan ortiq 
guruhlarga bo‘ladi, demak, har bir guruhning o‘z talab chizig‘i bo‘lib, bu talab 
chizig‘i boshqa guruhlarnikiga qaraganda yotiqligi bilan farq qiladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin