20.6. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar Milliy
iqtisodiyot
rivojlanishi
jarayonlarida
turli
makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar o‘rtasida ma’lum proporsiyalar yoki tenglik ta’minlanishi lozim.
Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning
bo‘laklarining nisbatini, yoki shu bo‘laklar o‘rtasidagi nisbatni bildiradi. Bunga
mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste’mol va milliy jamg‘arishga
bo‘linishini misol qilib keltirish mumkin.
Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste’mol hajmi yuqori bo‘ladi. Ammo
mavzuning 4-savolida Xitoy Xalq Respublikasi misolida ko‘rdikki milliy
jamg‘armalarning ulushi ham yuqori bo‘lishi mumkin ekan. Demak yakuniy
iste’mol va milliy jamg‘armalarning YaMTD dagi ulushi 3:1 proporsiyada ham,
2:1 proporsiyada ham bo‘lishi mumkin ekan.
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo‘lishi uchun ayrim
ko‘rsatkichlarning aynan teng bo‘lishi talab etiladi.
Turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi mavjud bo‘ladigan, yoki mavjud bo‘lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o‘zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi. Xarajatlar
va
daromadlar
ko‘rinishida
hisoblangan
YaIM
ko‘rsatkichlarining o‘zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.
Y= C+ I + G + Xn Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasidagi
tenglik hisoblanadi.
Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg‘armalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Bu
ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning
muhim shartidir. Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega
emas (
Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=0), deb faraz qilinsa,
unda YaIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi ShTD ga teng bo‘ladi. Ya’ni: