285
deflatori kabi ko‘rsatkichlardanfoydalaniladi.
YaIM -
mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab
chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig‘indisidan
iborat. YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste’mol va taqsimot usulari
mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qo‘llaniladi.
YaIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta hisoblashga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni
qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblanadi. Bu usul YaIMni hisoblashning
ishlab chiqarish usuli deyiladi.
YaIMni xarajatlar ko‘rinishida to‘rt guruhdagi xarajatlar - iste’mol, investitsiya,
davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yig‘indisi orqali hisoblanadi.
Har uchala usulda hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno
etilganda o‘zaro teng bo‘ladi.
Milliy hisobchilik tizimining barcha ko‘rsatkichlarini hisoblashning uslubiy bazasi
bitta bo‘lgani uchun ularni o‘zaro taqqoslash imkoni mavjud.
Makroiqtisodiy tahlilda YaIM ko‘rsatkichi bilan birgaYaMd ko‘rsatkichidan ham
foydalaniladi. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat
tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari
yig‘indisidir. Soddalik uchun YaIM yalpi ishlab chiqarish, YaMD esa yalpi daromad deb
ham yuritiladi. Milliy ishlab chiqarish va daromad hajmining real o‘zgarishini aniqlash
uchun baholar indekslaridan: YaIM deflatori va INI ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: