19-bob. MAKROIQTISODIYOTGA KIRISH
19.1.“Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti
va obyekti
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina
kiritilgan bo‘lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli
birga paydo bo‘ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida
tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri xos
bo‘lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli
Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish
jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene jadvali” ni
tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo‘lladi.
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valras,
V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo‘yilgan edi deb ta’kidlash
mumkin. Keyinchalik, K.Marks o‘zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror ishlab
chiqarish sxemasi, V.Leontev esa o‘zining tarmoqlararo balansi bilan
makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqishi
uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o‘zining “Ish bilan bandlilik, foiz
va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga
etkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan
olinadi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o‘z predmeti va tadqiqot usullariga ko‘ra
mustaqil fan sifatida XX asrning o‘rtalariga kelib shakllanib bo‘ldi.
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo‘limi hisoblanib,
unda milliy xo‘jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari
tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‘rinishi o‘zaro farqlanadi:
a)
pozitiv makroiqtisodiyot;
b)
normativ makroiqtisoiyot.
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqador-
liklarini o‘rganadi.
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki
nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo‘nalishlarini taklif etadi.
Shu
joyda
iqtisodiy
nazariyaning
ikki mustaqil bo‘limi sifatida
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o‘zaro farqlab
olishimiz zarur.
Mikroiqtisodiyot predmeti bo‘lib “belgilangan” iqtisodiy shart- sharoitlarda uy
xo‘jaliklari va firmalar darajasida iqtisodiy qaror qabul qilish mexanizmi
262
hisoblanadi
18
. Mikroiqtisodiy tahlil obyekti bo‘lib alohida tovarlar bozorlari,
resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa makroiqtisodiyotda milliy
iqtisodiyot darajasida mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining o‘zaro
munosabatlari va o‘zaro ta’sirini tahlil qilinadi. Mikroiqtisodiyotda “belgilangan”
deb qabul qilingan, ya’ni mikroiqtisodiy tadqiqot predmeti hisoblanmaydigan
ko‘pgina ko‘rsatkichlar, jumladan iste’molchilarning daromadlari, jamg‘armalari,
foiz stavkasining dinamikasini va buni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq
qiladi.
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini, resurslarning
to‘liq bandliligini, inflatsiyaning past sur’atlarini va to‘lov balansining muvozanatini
ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va
uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o‘rganadi
19
.
Keltirilgan ta’rifdan ko‘rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o‘zaro
bog‘liq uch jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular:
1)
milliy iqtisodiyot;
2)
davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish;
3)
jahon xo‘jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar
iqtisodiyoti bilan o‘zaro munosabatlari masalasi.
1.1-jadvalda keltirilgan iqtisodiy nazariyaning ikki qismida ko‘riladigan
masalalar ro‘yxati mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanlari predmetlarini
yaxshiroq farqlab olishga yordam beradi. Nisbatan mustaqil bo‘lgan bu ikki fanning
iqtisodiy hodisalar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi xulosalari bir birini to‘ldirib turadi.
Uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlari
hisoblanidilar.
Bu sub’ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda.
Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o‘sishini
ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb
hisoblashishsa iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday
aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.
Bugungi kunga kelib ko‘pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli
sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish
strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni
tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo‘lamiz.
Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini belgilovchi
omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash
maqsadida, o‘z tasarrufida mavjud bo‘lgan vositalar orqali ularni yo‘naltirib turadi.
18
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth
Publishers, 2013): 13
19
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth
Publishers, 2013): 15
|