19.2.Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va
sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish
usullari kiradi. .
20
Тарасевич Л.С., Гребников П.И., Лусский А.И. Макроэкономика:Учебник.- 5-е изд. ,
испр. и доп. –М.: Юрайт-Издат, 2004, 13 с.
264
Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o‘ziga xos
usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab ko‘rsatkichlarni
alohida-alohida o‘rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o‘ta
qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida
agregat kattaliklardan
foydalanishga asoslangan tadqiqit usullaridan foydalaniladi.
Agregatlash
, ya’ni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kategoriyalarni yagona
makroiqtisodiy ko‘rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi
makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat ko‘rsatkichlar
yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida ko‘rib chiqish
mumkin bo‘ladi.
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga
bo‘lgan talab va ularni taklif etish hajmlari ko‘rsatkichlari emas, balki agregat
ko‘rsatkichlar hisoblangan baholarning o‘rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari bo‘ycha foiz stavkalari, Markaziy
bankning hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari
kabi kapital uchun to‘lov stavkalari umumlashtirilib ularningt o‘rtacha miqdori bozor foiz
stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko‘rsatkichdan
foydalaniladi.
Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat
ko‘rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir.
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi
miqdoriy, sabab- oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar
ko‘rinishida ifodalaydi.5
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri
chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini i
keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o‘zida ham grafik ko‘rinishda, ham
algebraik formula ko‘rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi
makroiqtisodiy modellar o‘am ikki, uch yoki bundan ko‘p o‘zgaruvchili bo‘lishi mumkin.
AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy
darajasi dinamikasi ta’sirida o‘zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish
mexanizmi o‘rganilsa, Fillips egri chizig‘i yordamida ishsizlik va inflatsiya ko‘rsatkichlari
o‘rtasidagi bog‘liqlik tadqiq qilinadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda
qo‘llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsentlar, turli iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi
mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab
bo‘lmasin, ma’lum darajada mavhumlikka yo‘l qo‘yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil
davomida milliy iqtisodiyot ba’zan yopiq iqtisodiy tizim, ya’ni tashqi iqtisodiy aloqalari
mavjud bo‘lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amaldva esa barcha mamlakatlar
tashhi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya’ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir
model iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni to‘la-to‘kis qamrab
olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim
265
iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi
mumkin bo‘lgan ko‘p variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy
siyosatning turli yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya’ni modelda tayyor
kattalik sifatida qabul qilinadigan
Dostları ilə paylaş: |