267
mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so‘ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va
xizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - tovarlar va xizmatlar”
oqimiga qarama qarshi yo‘nalishda “daromadlar - xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi
amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo‘jaliklari o‘zlari etkazib bergan iqtisodiy resurslar
evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun
sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda
tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi yalpi taklifni, daromadlar va
xarajatlar oqimi yalpi talabni ko‘rsatadi.
Davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi
taklifning o‘zaro teng bo‘lishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi
hajmi uy xo‘jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo‘lishi
shaklida namoyon bo‘ladi.
Bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning
pasayishi, inflatsiya va ishsizlik darajalarining ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ladi.
Davlat aralauvi mavjud bo‘lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko‘rinish
oladi.
Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlar-
xarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat
aralashuvi bilan ta’minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar
bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi.
Dostları ilə paylaş: