ekzogen o‘zgaruvchilar hamda modelni yechish
natijasida topiladigan
ichki-endogen o‘zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda ekzogen
hisoblangan o‘zgaruvchi (ko‘rsatkich) ikkinchi model uchun endogen hisoblanishi
mumkin
21
.
Tarixda ma’lum bo‘lgan birinchi makroiqtisodiy model mavzuning birinchi
savolida qayd etilgan “ Kene jadvali” hisoblanadi. Bu modelda F.Kene milliy iqtisodiyot
amal qilishini uch sinfning- 5 mlrd. frank qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi
dehqonlar, jami 2 mlrd. frank turadigan buyumlar yasashadigan hunarmandlar va 2 mlrd.
frank renta olishadigan yer egalarining o‘zaro aloqalari sifatida tasvirlaydi. Kene modeliga
ko‘ra yer egalari olgan 2 mlrd. frank yer rentasining 1 mlrd. frankini qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini sotib olishga, qolgan 1 mlrd. frankini esa hunarmandchilik buyumlarini
sotib olishga sarflaydilar.
Hunarmandlar dehqonlarga 1mlrd. franklik buyumlarini sotadilar va dehqonlardan
o‘zlari ega bo‘lgan 2 mlrd. frankning 1mlrd frankiga oziq-ovqat mahsulotlari, qolgan 1
mlrd. frankiga esa ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo sotib oladilar.
19.1-rasm. F. Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli (keltirilgan raqamlar o‘lchami mlrd.frank) Dehqonlar yer egalariga 1 mlrd. franklik qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
sotadilar va qolgan 2 mlrd. franklik mahsulotni iste’mol va ishlab chiqarish
ehtiyojlari uchun o‘zlarida qoldiradilar. Jami olingan 3 mlrd. franklik daromadning 1
mlrd. franki dehqonlar tomonidan hunarmandchilik buyumlari sotib olishga, yana 2
mlrd. franki esa yer rentasi to‘lashga sarflanadi. Shunday qilib makroiqtisodiy
bozorlarning balanslashishi ro‘y beradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ekzogen va
endogen o‘zgaruvchilarga guruhlanibgina qolmasdan
zahiralarni tavsiflovchi va
21
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth
Publishers, 2013):8