270
Harakatlar
strategiyasining
“Iqtisodiyotni
yanada
rivojlantirish
va
liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda bu borada qator chora-
tadbirlarni amalga oshirish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini
ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini
bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish,
tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va
materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-
logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar
uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank
faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish
nazarda tutilmoqda.
2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649
ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish
rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5
baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta
ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
Dostları ilə paylaş: