Qisqа хulosаlаr “Makroiqtisodiyot” fani umumiy iqtisodiy nazariyaning ikki muhim
bo‘limidan biri bo‘lib, iqtisodiyotni bir butun holda o‘rganadi va ishsizlik, inflatsiya,
iqtisodiy o‘sish, to‘lov balansi barqarorligi, davlat budjeti, davlat qarzi kabi hozirgi
zamon iqtisodining barcha muhim muammolarini tadqiq qiladi.
Iqtisodchi olimlar tomonidan makroiqtisodiy tahlil elementlari XVIII asrdanoq
qo‘llanila boshlagan bo‘lsada makroiqtisodiyot fani XX asrning o‘rtalariga kelib
mustaqil fan sifatida shakllanib bo‘ldi va uning asoschisi deb J.M. Keyns tan olinadi.
Makroiqtisodiy tahlilning o‘ziga xos xususiyati unda agregat ko‘rsatkichlardan
foydalanishda namoyon bo‘ladi.
Uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlarini
tashkil etadi.
Makroiqtisodiy tahlilda matematik formula, grafik va chizmalar ko‘rinishidagi
makroiqtisodiy modellardan foydalaniladi. Iqtisodiyotdagi barcha muammolarni
o‘rganish imkonini beradigan yagona model mavjud emas. Shuning uchun ham
makroiqtisodiy tadqiqotlarda o‘zaro bir birini to‘ldiradigan ko‘pgina modellardan
foydalaniladi.
Davlatning iqtisodiy tizimning barqarorligini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash
borasidagi hatti-harakatlari iqtisodiy siyosat deb ataladi.
“Resurslar - tovarlar va daromadlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning
doiraviy oqimi sxemasi soddalashtirilgan makroiqtisodiy model bo‘lib
makroiqtisodiyot sub’ektlarining o‘zaro munosabatlarini va makroiqtisodiy
jarayonlarning kechishini shartli tarzda aks ettiradi.
271
Nazorat va muhokama uchun savollar 1.
Makroiqtisodiyot fani predmetining o‘ziga xos xususiyati nimada va u
mikroiqtisodiyot predmetidan nimasi bilan farq qiladi?
2.
Pozitiv va normativ makroiqtisodiyot tushunchalariga izoh bering.
3.
Makroiqtisodiyot sub’ektlari orasida davlatning roli qanday?
4.
Agregat ko‘rsatkichlar deganda nimani tushunasiz? Makroiqtisodiy
tahlilda agregat ko‘rsatkichlardan foydalanish zaruriyati nima uchun yuzaga keladi?
5.
Makroiqtisodiy modellarning mohiyatiga izoh bering.
6.
Zahiralarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va oqimlarni tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar o‘rtasida qanday bog‘liqliklar mavjud?
7.
“ Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda“daromadlar – xarajatlar”ning
doiraviy oqimi modelidagi qarama-qarshi omillarga izoh bering.
8.
Doiraviy oqimlar modelini doiraviy aylanish tusini olishining shartlari
qanday?