20.3.Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash.
Ishlab chiqarish usulida
hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli
bosqichlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda
aniqlash statistik jihatdan qulay bo‘lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga
amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini
YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi.
Ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan
tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Ko‘pgina
mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini o‘taydi. Shu
sababli YaIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan ko‘p marta hisobga olmaslik
uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar
esa hisobga olinmaydi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki
ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamg‘arish yoki eksport uchun
foydalaniladigan qismi tushuniladi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va
xizmatlar bahosi YaIMga qo‘shilmaydi.
Qo‘shilgan qiymat
tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab
chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan
xarajatlar o‘rtasidagi farq ko‘rinishida aniqlanadi
26
.11
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM ko‘rsatkichinig strukturasini va
undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning
mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning
25
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth
Publishers, 2013): 21-23
26
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth
Publishers, 2013): 22
275
o‘zgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga
baho berish imkonini beradi.
Iqtisodiyot rivojlanishi, real sektorda ishlab chiqarish samaradrligi oshib borishi
bilan sanoat va ayniqsa xizmat ko‘rsatish sohalarining YaIMdagi ulushi ortib
borilishi jahon iqtisodiy tarixida kuzatilgan hodisadir.
Qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblangan YaIM tarkibiga sof
bilvosita soliqlar, ya’ni davlat budjetiga tushgan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz
solig‘i va bojxona boji to‘lovlari bilvosita soliqlar bilan davlat budjetidan ishlab
chiqaruvchilarga berilgan subsidiyalar o‘rtasidagi farq ham qo‘shiladi.
Sof soliqlarning YaIMdagi ulushi 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasida 11,5%
ni tashkil qilgan. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritishi bilan qisqa muddatlarda
mamlakatning g‘alla va umuman oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, aholini
o‘zimizda ishlab chiqarilgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash strategik
maqsadi qo‘yildi.
Oziq-ovqat muammosini hal etish uchun paxta ekin maydonlari 2 marta
qisqartirildi, bo‘shatilgan maydonlarda esa oziq-ovqat ekinlari, shu jumladan, g‘alla,
meva-sabzavot, kartoshka, uzum, poliz va ozuqa ekinlari etishtirila boshladi.
O‘zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik,
neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati,
temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-
ovqat va to‘qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi. Asaka va Pitnak
shaharlarida «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda engil avtomobillar,
Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk
avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlar ishga tushirildi. Neft-gaz-
kimyo tarmog‘ida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmui,
Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va bir qator boshqa
yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi.
Mustaqillik yillarida xizmatlar ko‘rsatish sohasi O‘zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotining eng istiqbolli va jadal rivojlanuvchi tarmog‘iga aylandi.
Barchamizga ayonki, xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotimizni barqaror
rivojlantirishning eng muhim manbai va omili hisoblanadi. Jahon tajribasi bugun
aynan ushbu soha yalpi ichki mahsulotni shakllantirish, aholi bandligini ta’minlash,
odamlarning farovonligini oshirishda etakchi o‘rin tutishini ko‘rsatmoqda.
2018 yilga kelib elektron axborotlashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoq va
sohalarini qamrab oldi. Davlat idoralari va mahkamalari o‘rtasida, biznes muhiti
ichida, shuningdek, hukumat va uning xizmatlarini iste’molchilari – biznes va aholi
o‘rtasida axborot hujjatlar aylanmasi elektron aloqa vositalari orqali ta’minlandi.
20.1-jadval ma’lumotlariga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasida ishlab
chiqarilgan YaIMning tarmoq tuzilishini ko‘rib chiqamiz.
Mustaqillik yillarida xomashyo resurslarini chuqurroq qayta ishlash, yuqori
qo‘shilgan qiymatli tovarlar ulushining ortishiga qaratilgan tarkibiy siyosatni amalga
oshirish natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xo‘jaligi
276
ulushining pasayishi va sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalarining ulushini ortishi
kuzatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |