Nominal YaIM Real YaIM = ———————————— 100 Deflator Shunday qilib, real YaIM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi o‘sishi bilan oshadi,
nominal YaIM esa tovar va xizmatlar baho darajasining o‘sishi natijasida ham oshishi
mumkin.
Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:
∑ Qi0 Pi1 INI = 100 ∑ Qi0 Pi0 Bu yerda:
Qi0– bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi; Pi1 – i –
tovarning joriy yildagi bahosi;
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi.
Iste’mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari;
-
bozor savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida
o‘zgarmaydi;
-
bozor savatiga faqat iste’mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
-
bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning hajmi iste’mol
xarajatlarining katta qismini tashkil etishi kerak.
INI ko‘rsatkichining kamchiligi shundaki bozor savati tarkibi o‘zgarmas
bo‘lganligi tufayli aholi iste’moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining
o‘zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro‘y bergan o‘zgarishlarni
hisobga olish imkonini bermaydi Shu sabrbli bu indnks baholar darajasini biroz
oshirib ko‘rsatadi.
YaIM deflatori esa bozor savatiga joriy yida kiritilmay qolgan tovarlar
baholarining oshishini hisobga olish imkonini bermasligi tufayli baholar darajasini
biroz pasaytirib ko‘rsatadi. Shu sababli bu ikki indeksning o‘rtacha darajasini
xarakterlovchi Fisher indeksi hisoblanadi:
32
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth
Publishers, 2013): 24
283
Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste’mol narxlari indeksi singari
hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji
baholarda hisoblanadi.