284
Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya’ni eksport-import aloqalari yo‘lga qo‘yilgan,
soliq solish va transfert to‘lovlari ko‘rinishida davlat aralashuvi mavjud bo‘lsin. Bunday
holatda jamg‘arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi
33
:
S = Sp + Sg + Sx
Bu yerda: Sp - xususiy jamg‘armalar; Sg - davlat jamg‘armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg‘armalari.
Bunda xususiy jamg‘armalar daromadlar (Y), transfert to‘lovlari (TR), davlat
zayomlari bo‘yicha foizlar yig‘indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol
(C)
xarajatlari yig‘indisini ayirish natijasiga teng bo‘ladi.
Sp = (Y + TR + N - T) – C
Davlat jag‘marmalari quyidagi miqdorga teng bo‘ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamg‘armalari nolga teng bo‘lsa, davlat budjeti muvozanatlashgan,
jamg‘arishning manfiy miqdori budjet taqchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg
Bu yerda: BT – budjet taqchilligi miqdori.
Boshqa mamlakatlarning jamg‘armalari tashqi dunyoning bizning importimiz
hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini
ayirib topiladi.
Sx =M – X
yoki
Sx = -Xn
Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko‘proq import qilsa, unda daromadlarning bir
qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda
ko‘chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg‘armalarning umumiy yig‘indisi
investitsiyalarga teng bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: