20.5. Nominal va real Yalpi ichki mahsulot Iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni
qiyinlashtiradi. Bu ko‘rsatkich dinamikasi bir vaqtning o‘zida ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o‘zgarishini
ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o‘zida ham ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi o‘zgarishi ta’sir
ko‘rsatadi.
Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo‘yadi. Chunki,
inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish,
muammolarni
aniqlash
hamda
boshqaruv
qarorlarini
qabul
qilishni
qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal
ko‘rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real
ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o‘laroq milliy
iqtisodiyotda juda ko‘p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli
ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu
tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va
xizmatlar bahosining o‘zgarishi koeffitsienti (baholar indeksi) hisoblab topilib
olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.
Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun:
-
deflator (Paashe indeksi);
-
iste’mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
-
sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim. Deflator
ko‘rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:
∑ Qi1 Pi1 Deflator = 100 ∑ Qi1 Pi0 Bu yerda: i – deflatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni;
Qi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar hajmi miqdori
(Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko‘ylak va h.k);
Pi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — mahsulotning shu yilga bahosi;
Pi0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – mahsulotning bazis yildagi bahosi.
Deflatorni hisoblash shartlari:
-
odatda o‘tgan yilga nisbatan hisoblanadi;
-
bozor savati joriy yilda aniqlanib keyingi yillarda o‘zgartirilishi mumkin;
-
bozor savatiga ham iste’mol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va
xizmatlar kiritiladi;
-
bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YaIM
dagi ulushi katta qismini tashkil qilishi kerak;
-
bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar hajmlari o‘rtasidagi nisbat
282
ularning YaIM dagi ulushlari o‘rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak.
Nominal YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YaIM esa
doimiy narxlarda baholaydi
32
.