O‘zbеkiston rеspublikаsi


Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I)



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   410
MIKRO MAKRO

Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I): 
a)
asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga; 
b)
korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan; 
v) tovar zahiralari o‘rtasidagi farqlar yoki zahiralarning o‘zgarishi. T
ovar va 
xizmatlarning davlat xaridi (G
). 
Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari 
tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yo‘llari 
va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida to‘lanadigan ish haqi) xarajatlari 
kiritiladi. Lekin shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to‘lovlari 
kiritilmaydi29. 
S
of eksport (Xn): 
mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo‘yicha 
xarajatlar o‘rtasidagi farq. 
YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin: 
 
YaIM = C + I + G + Xn 
O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan YaIMning foydalanish (xarajatlarga ko‘ra) 
tarkibi tahlili shuni ko‘rsatadiki uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari YaIM tarkibidagi 
eng salmoqli komponent ekan. Bu ko‘rsatkichning YaIMdagi ulushiga ko‘ra 
O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya va Fransiya davlatlariga yaqin turadi.
YaIMni daromadlar (taqsimot usuli) bo‘yicha hisoblash. 
YaIMni daromadlar 
bo‘yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab 
chiqarish birliklari tomonidan, qo‘shilgan qiymatlar hisobidan, to‘langan dastlabki 
daromadlar qo‘shib chiqiladi. 
YaIMni daromadlari yig‘indisi ko‘rinishida hisoblashda asosan quyidagi 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 
-sof bilvostia soliqlar (Tn
) – bilvosita soliqlar(qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, 
bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o‘rtasidagi farq; 

yollanma ishchilarning ish haqlari (W) - 
xususiy va davlat kompaniyalarining 
yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to‘lovlarining nominal 
miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib 
to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari. O‘zbekiston Respublikasida bu ajratma 
normasi 2005 yilda ish haqi fondiga nisbatan 31% bo‘lgan bo‘lsa. 2006 yildan boshlab 
25 % qilib belgilandi 


Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin