O‘zbеkiston rеspublikаsi


Sp + Sg + Sx = (Y + TR + N –T ) -C + (T – TR – N )) - G + (-Xn)



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   410
MIKRO MAKRO

Sp + Sg + Sx = (Y + TR + N –T ) -C + (T – TR – N )) - G + (-Xn) 
yoki 
Sp + Sg + Sx = Y - C - G - Xn S = C + I + G +Xn - C - G - Xn S = I 
Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg‘armalar hisobiga, 
balki tashqi dunyo jamg‘armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda 
investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy 
investorlar oqimining o‘sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir. 
Keynschilar fikriga ko‘ra, 
S= I 
ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan 
erishiladi, xolos. Chunki investorlar va jamg‘aruvchilarnnig rejalari o‘zaro mos 
kelavermaydi. Shu tufayli davlat to‘g‘ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlashi shart. 
Qisqа хulosаlаr 
Mamlakatning makroiqtisodiy holati ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. 
Makroiqtisodiy tahlilda YaIM, YaMD, SIM, SMD, ShD, ShTD, YaMTD, S ,S, INI,YaIM 
33
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 70 


285 
deflatori kabi ko‘rsatkichlardanfoydalaniladi. 
YaIM - 
mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab 
chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig‘indisidan 
iborat. YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste’mol va taqsimot usulari 
mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qo‘llaniladi. 
YaIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta hisoblashga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni 
qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblanadi. Bu usul YaIMni hisoblashning 
ishlab chiqarish usuli deyiladi. 
YaIMni xarajatlar ko‘rinishida to‘rt guruhdagi xarajatlar - iste’mol, investitsiya, 
davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yig‘indisi orqali hisoblanadi. 
Har uchala usulda hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno 
etilganda o‘zaro teng bo‘ladi. 
Milliy hisobchilik tizimining barcha ko‘rsatkichlarini hisoblashning uslubiy bazasi 
bitta bo‘lgani uchun ularni o‘zaro taqqoslash imkoni mavjud. 
Makroiqtisodiy tahlilda YaIM ko‘rsatkichi bilan birgaYaMd ko‘rsatkichidan ham 
foydalaniladi. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat 
tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari 
yig‘indisidir. Soddalik uchun YaIM yalpi ishlab chiqarish, YaMD esa yalpi daromad deb 
ham yuritiladi. Milliy ishlab chiqarish va daromad hajmining real o‘zgarishini aniqlash 
uchun baholar indekslaridan: YaIM deflatori va INI ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin