286
21-bob. IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK
21.1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o‘rganish, ulardan hech biri uzoq
muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy
rivojlanish xos ekanligini ko‘rsatadi
.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflatsiya darajasining davriy tebranishga
iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi
. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‘tish
davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning
barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (3.1-rasm).
21.1-rasm. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi
Iqtisodiy davrlar to‘rtta bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy
rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo‘lib, u «
cho‘qqi
» deb
yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to‘liq bandlik, ishlab chiqarish to‘la quvvatda
ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho darajasining o‘sish holati
kuzatiladi.
Keyingi bosqich
Dostları ilə paylaş: