O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   410
MIKRO MAKRO

Taklif inflatsiyasi 
bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining 
kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bo‘ladi. 
Bunday hollarda ortiqcha talab bo‘lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. 
Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning 
bahosi oshadi. Yalpi taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan 
xarajatlarning o‘sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg‘i 
narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi. 
Taklif inflatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining 
buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab 
chiqarish omillari bahosining keskin ko‘payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi 
olimlarning fikriga ko‘ra, taklif inflatsiyasi o‘z-o‘zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning 
pasayishi xarajatlarning qo‘shimcha o‘sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning o‘sishi 
nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab inflatsiyasini cheklash 
uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘ladi. Inflatsiya darajasi yuqori 
bo‘lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda 
nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo‘ladi. Daromadlarni ishlab 
chiqarish tomonidan ta’minlanmagan o‘sishi aholi qo‘lidagi pulning taklif 
qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul 
birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi pulga joriy yilda o‘tgan 
yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi 
kamayadi. Misol uchun, joriy yilda aholining nominal daromadlari 30% ga 
ko‘paygan, narxlar darajasi 50% ga oshgan bo‘lsa, unda aholining real daromadlari 
20% ga kamaygan bo‘ladi. Chunki, narxlarning o‘sishi aholi pul daromadlarining 
o‘sishidan yuqori bo‘lgan (30% - 50%q- 20%). 
Inflatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki 
kutilmayotganiga ham bog‘liq. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin