291
Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan
to‘liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi
tushuniladi.
Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo‘q deb emas,
balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi.
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot
potensial YaIM hajmini
ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida
saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning
haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo‘lsa,
YaIM uzilishi
shuncha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM
dan katta bo‘ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz
iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun,
OUKEN qonuni deyiladi.26 Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning
haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik
1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi.
YaIMning pastroq darajasi o‘z navbatida, ishlab
chiqarishda qatnashuvchilar
daromadlarining nisbatan kamroq bo‘lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini
investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi.
Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlari hajmini
aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient
miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig‘ida
deb hisoblanadi
37
.
Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: