O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   410
MIKRO MAKRO

YuZ= -2,5[ u –u*] 
Bu yerda: 
u* 
– ishsizlikning tabiiy darajasi; 

– ishsizlikning haqiqiy darajasi. 
YaIM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini formulasini 
umumlashtirib quyidagi formulani olamiz: 
Yh – Yp 
------------- = - β [ u –u*] 
Yp 
Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog‘liqlikning teskari jihatiga e’tibor 
qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki YaIMning 2-3 foizga o‘sishi 
davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Ya’ni 
dastlabki 1 foizlik iqtisodiy o‘sish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan 
foydalanish samaradorligi hisobiga erishilishi mumkin, shuningdek bu paytda aholi 
sonining ko‘payishi ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki 
2-3 foizdan yuqori bo‘lgan har 2-3 foiz iqtisodiy o‘sish esa davriy ishsizlikni 1 foizga 
qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak 1 foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun yillik 
4-6 foizlik iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi kerak. 
37
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlari 


292 
Qisqа хulosаlаr 
Iqtisodiy davrlar asosan to‘rtta bosqichini o‘z ichiga oladi va ularni iqtisodiy 
tebranishlar deb yuritish maqsadga muvofiq. Iqtisodiy tebranishlarning sabablari 
xilma - xil bo‘lsada, ularning barchasi yalpi xarajatlar hajmining o‘zgarishi orqali 
YaIM dinamikasiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ishsizlik darajasi deb ishsizlar soninning ishchi kuchi soniga nisbatiga aytiladi. 
Ishchi kuchi ham boshqa tovar mahsulotlari kabi bozorda sotiladi va sotib olinadi. 
To‘la ish bilan bandlik 100% ish bilan ta’minlanganlik darajasini anglatmaydi. 
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra friksion, tarkibiy va davriy ishsizlik turlari 
mavjud. 
Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik darajalari yig‘indisiga 
teng bo‘lib, mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy ishsizlik darajasi 
va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o‘rtacha 
miqdori sifatida belgilanadi. 
Ishsizlar sonining oshishi, ya’ni ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy 
darajasidan yuqori bo‘lishi potensial hajmdagi YaIM bilan haqiqiy hajmdagi YaIM 
o‘rtasida uzilishga olib keladi. Ouken qonuni bunday bog‘liqlikning miqdoriy 
darajasini ifodalaydi. 
AQSh ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan minqiroz asta sekin butun 
moliya tizimini qamrab oldi va pirovardida iqtisodiy inqirozga ham aylandi. Natijada 
iqtisodiyotda pasayish va ishsizlik darajasining o‘sishi kuzatildi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin