O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   410
MIKRO MAKRO

AD = C + I + G + Xn. 
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi. 
Buni chizma ko‘rinishida tasvirlash mumkin (23.1-rasm). 
23.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, yalpi talab egri chizig‘i doimo pastga va o‘ngga 
suriladi. 
Bunday surilishning sababi har xil. Ma’lumki, alohida olingan tovarlar bozorida 
talab egri chizig‘ining surilishiga asosan daromad samarasi va o‘rinbosar tovarlar sabab 
bo‘ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari 
ko‘proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baho 
40
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 285 


301 
pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko‘proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa 
tovarlarga nisbatan arzonroq bo‘ladi (o‘rnini bosadigan tovarlar). 
23.1-rasm. Yalpi talab egri chizig‘i 
Milliy bozorda AD-egri chizig‘ining traektoriyasini, ya’ni uning quyiga 
egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash 
mumkin: 
M V=Y P 
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; 
P – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real 
ishlab chiqarish hajmi. 
Bu tenglamadan: 
P = M V / Y va Y= M V / P 
tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko‘rinadiki, baholar darajasi 
qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past bo‘ladi, ya’ni pul massasi (M) va 
uning aylanish tezligi (V) o‘zgarmas bo‘lsa baholar darajasi va yalpi talab o‘rtasida 
teskari bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. 
23.2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari
Baholar darajasi va yalpi talab o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni , shuningdek 
quyidagi baho omillari bilan izohlanadi: 
1.
Foiz stavkasi samarasi; 
2.
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi; 
3.
Import xaridlar samarasi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin