303
a) foiz stavkasidagi o‘zgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda
normasining o‘zgarishi; v) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o‘zgarishi; g)
yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi; d)zahiradagi quvvatlar
o‘zgarishi.
3.
Davlat xarajatlarining o‘zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi
kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.
4.
Sof eksport hajmidagi o‘zgarishlar.
a)
boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o‘zgarishi.
b)
valuta kurslaridagi o‘zgarishlar.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi talabning
narxlarga bog‘liq bo‘lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning
aylanish tezligi (V) dir.
Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillari ta’sirida AD egri chizig‘i
o‘ngga yoki chapga siljiydi (23.1-rasm). Natijada ma’lum baho darajasiga mos keluvchi
talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zgaradi.
Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy
daromadining oshishi, milliy valuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi (bular
eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning
pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizig‘ining o‘ngga
siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo‘lgan holatlarda AD egri chizig‘i chapga siljiydi.
Dostları ilə paylaş: