306
23.3-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq kesmasidagi muvozanat
Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining
muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe
narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli
hajmiini bildirishini ko‘rsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pe emas,
balki P1 deb hisoblaymiz.
Baholar darajasi P1 bo‘lgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi ishlab
chiqarish hajmini Y1 miqdoridan oshirmaydi.
Iste’molchilar baholar darajasi P1 bo‘lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib
olishga tayyor turadi. AD>AS bo‘lganligi tufayli iste’molchilar o‘rtasidagi raqobat
baholar darajasini Pe gacha suradi. Baholar darajasining P1 dan Pe gacha ko‘tarilishi
ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Y e gacha oshirishga va iste’molchilar talabini Y2
dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari e nuqtada
kesishadi. Demak, aynan Pe baho baholarning muvozanatli darajasi va e muvozanat
nuqtasidir.
23.4-rasmda yalpi talab egri chizig‘i yalpi taklif egri chizig‘ini bilan keyns
kesmasi kesishadigan vaziyat tasvirlangan. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy
muvozanat nuqtasi baholar darajasi bir xil turganda ham o‘zgaradi. Buni tushunish
uchun avvalo yalpi ishlab chiqarishning muvazanatli hajmini Ye va muvozanatli
baholar darajasini Pe bilan belgilaymiz.
Dostları ilə paylaş: