309
Shuning uchun AD dagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish hajmi, bandlik hamda baholar
darajasiga bu kesmalarda turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Yalpi talab va yalpi taklif hajmlari
o‘zaro mos kelgan, ya’ni AD va AS egri chiziqlari kesishgan nuqta makroiqtisodiy
muvozanat nuqtasi, unga mos keluvchi baholar darajasi baholarning muvozanatli
darajasi deb aytiladi.
AS egri chizig‘i ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar hajmi ko‘payishi
hamda chngi texnologiyalarning kiritilishi hisobiga o‘ngga siljiydi. Bu holat iqtisodiy
o‘sish deb ataladi. AS egri chizig‘ining chapga siljishi stagflyasiyadan dalolat beradi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelish sababini yalpi talab va
yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat buzilishi bilan izohlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: