311
Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng bo‘lganda uy
xo‘jaliklari iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi daromaddan 5 sh.b.ka ko‘p
bo‘ladi. Ya’ni uy xo‘jaliklari 5 sh.b.ka teng miqdorda qarz hisobiga yoki o‘tgan
yillarda to‘plangan jamg‘armalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar.
24.1-rasm. Iste’mol grafigi
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadlar 390 sh.b.ka teng bo‘lganda, uning
miqdori iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo‘sag‘aviy daromad deb
yuritiladi. 6.1-jadval ma’lumotlari asosida iste’mol grafigini chizamiz.
Iste’mol grafigi ikki to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida berilgan. Bissektrisa
ko‘rinishidagi Yd =C to‘g‘ri chizig‘ining har bir nuqtasida iste’mol va tasarrufidagi
daromad hajmlari teng bo‘ladi. Haqiqiy iste’mol (C) grafigi haqiqiy iste’mol va
daromad teng bo‘lgan nuqtada (α) bissektrisa bilan kesishadi. Bo‘sag‘aviy nuqtadan
quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq. Bu vaziyat insonlarning qarz hisobiga
hayot kechirishini bildiradi. α – nuqtada yuqorida haqiqiy iste’mol daromaddan kam
hamda ular o‘rtasidagi farq jamg‘arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol to‘g‘ri
chizig‘i iste’mol hajmini belgilovchi vertikal o‘qni
Dostları ilə paylaş: