O‘zbеkiston rеspublikаsi


 Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha hamda chegaralangan moyillik



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   410
MIKRO MAKRO

24.2. Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha hamda chegaralangan moyillik 
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg‘arish funksiyalarini yanada 
to‘laroq bilish uchun iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik va chegaralangan 
moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim. 
Iste’molga o‘rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol 
xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni: 

APC = ------------- 100 
Yd 
bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o‘rtacha moyillik. 
Tasarrufidagi daromaddagi jamg‘arish ulushini jamg‘arishga o‘rtacha moyillik 
deb ataladi, ya’ni: 

APS = --------------- 100 
Yd 
Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg‘armaga o‘rtacha moyillik. 
Misol uchun, tasarrufidagi daromad darajasi 410 va 530 shartli birlikka va 
iste’mol darajalari 405 va 495 shartli birlikka teng bo‘lgan holatlar uchun iste’molga 
o‘rtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni: 
APS =(405 / 410) x 100 = 98, 78% yoki 0,98; 
APS = (495 / 530) x 100 = 93,39% yoki 0,93 ga teng. 
Demak, bu misollardan ko‘rinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar miqdori 
ko‘payib borishi bilan uning tarkibidagi iste’mol ulushi kamayib va aksincha 
jamg‘arma ulushi ko‘payib boradi. Bu holatni Keynsning “asosiy psixologik qonun”i 
bilan izohlash mumkin. “Mavjudligiga nafaqat aprior tasavvurlarga ko‘ra, bizning 
inson tabiatini bilishimizdan kelib chiqib shuningdek o‘tmish tajribasini sinchiklab 
o‘rganish asosida biz to‘liq ishonishimiz lozim bo‘lgan asosiy psixologik qonun 
shundan iboratki kishilar daromadlari o‘sishi bilan, odatda, o‘z iste’mollarini 
oshirishga moyillar, ammo daromadlari o‘sgan darajada emas”
46

Soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, 
ikkinchi qismi esa jamg‘ariladi, shu tufayli ham iste’molga va jamg‘arishga o‘rtacha 
moyillik yig‘indisi 100% ga yoki koeffitsient ko‘rinishda 1 ga teng: 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin