24.2. Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha hamda chegaralangan moyillik Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg‘arish funksiyalarini yanada
to‘laroq bilish uchun iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik va chegaralangan
moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Iste’molga o‘rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol
xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
C
APC = ------------- 100 Yd bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o‘rtacha moyillik.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg‘arish ulushini jamg‘arishga o‘rtacha moyillik
deb ataladi, ya’ni:
S APS = --------------- 100 Yd Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg‘armaga o‘rtacha moyillik.
Misol uchun, tasarrufidagi daromad darajasi 410 va 530 shartli birlikka va
iste’mol darajalari 405 va 495 shartli birlikka teng bo‘lgan holatlar uchun iste’molga
o‘rtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni:
APS =(405 / 410) x 100 = 98, 78% yoki 0,98;
APS = (495 / 530) x 100 = 93,39% yoki 0,93 ga teng.
Demak, bu misollardan ko‘rinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar miqdori
ko‘payib borishi bilan uning tarkibidagi iste’mol ulushi kamayib va aksincha
jamg‘arma ulushi ko‘payib boradi. Bu holatni Keynsning “asosiy psixologik qonun”i
bilan izohlash mumkin. “Mavjudligiga nafaqat aprior tasavvurlarga ko‘ra, bizning
inson tabiatini bilishimizdan kelib chiqib shuningdek o‘tmish tajribasini sinchiklab
o‘rganish asosida biz to‘liq ishonishimiz lozim bo‘lgan asosiy psixologik qonun
shundan iboratki kishilar daromadlari o‘sishi bilan, odatda, o‘z iste’mollarini
oshirishga moyillar, ammo daromadlari o‘sgan darajada emas”
46
.
Soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi,
ikkinchi qismi esa jamg‘ariladi, shu tufayli ham iste’molga va jamg‘arishga o‘rtacha
moyillik yig‘indisi 100% ga yoki koeffitsient ko‘rinishda 1 ga teng: