O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   410
MIKRO MAKRO


nuqtada kesib o‘tadi. Bu hol uy 
xo‘jaliklari umuman daromad olmaganlarida ham ma’lum miqdorda iste’mol 
qilishlarini anglatadi. 

– nuqta esa avtonom iste’mol hajmini bildiradi. 
Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamg‘arish grafigini ham ko‘rib chiqamiz (6.2-rasm). 
Jamg‘arish grafigi daromad bilan jamg‘arish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. 
Vertikal o‘qdagi har bir nuqta jamg‘arma miqdorini bildiradi va daromad bilan unga 
muvofiq keladigan iste’mol hajmi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - C). 
Boshlang‘ich daromad darajasida jamg‘arish nolga 
(0) teng bo‘lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o‘sib borishi bilan uning miqdori 
ham oshib boradi. 


312 
24.2-rasm. Jamg‘arish grafigi 
 
Mavzuning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar va grafiklarga 
tayanib iste’mol funksiyasini yozamiz: 
C = a + b Yd , b
u yerda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad 
(Yd =Y-T), b
u yerda: T – soliqlar; 
b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog‘liqligini ifodalovchi koeffitsient, 
boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik. 
ΔC 
b = --------- 100;
Δ Yd 
Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va 
iste’mol hajmining tasarrufidagi daromad o‘zgarishiga ta’sirchanligiga bog‘liq. 
Jamg‘arish grafigini ham iste’mol grafigiga o‘xshab algebraik ifodalash mumkin, 
ya’ni jamg‘arish funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
S = -a + (1 -b) Yd 
Iste’mol va jamg‘arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari 
quyidagi omillar, to‘g‘rirog‘i bu omillardagi o‘zgarishlar ham ta’sir ko‘rsatadi: 
1.
Uy xo‘jaliklari daromadlari. 
2.
Uy xo‘jaliklarida to‘plangan mulk hajmi. 
3.
Baholar darajasi. 
4.
Iqtisodiy kutish. 
5.
Iste’molchilar qarzlari hajmi. 
6.
Soliqqa tortish hajmi. 
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg‘arish grafiklari o‘zaro teskari 
tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste’mol 
va jamg‘arish ulushi nisbatlari o‘zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o‘zgarishi 
ixtiyordagi daromad hajmini o‘zgartirgani tufayli uning ta’sirida iste’mol va 
jamg‘arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste’mol funksiyasini aniqlash 
borsidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek 6)aholining daromadlari hajmi va 


313 
to‘plagan mulki ko‘lamiga ko‘ra tabaqalanishi darajasi hamda 7) aholining soni va 
yoshiga ko‘ra tarkibiga ham bog‘liqligini ko‘rsatdi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin