O‘zbеkiston rеspublikаsi


Nazarot va muhokama uchun savollar



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   410
MIKRO MAKRO

 
Nazarot va muhokama uchun savollar 
1.
Yalpi talabga va uning komponentlarini ta’rif bering. 
2.
Yalpi talab egri chizig‘i quyiga egilgan traektoriyaga ega bo‘lishi sababi 
nimada? 
3.
Yalpi talabning boshqa omillariga va ularning AD egri chizig‘iga ta’siriga 
izoh bering. 
4.
Yalpi taklif egri chizig‘i shakli qaysi sabablarga ko‘ra murakkab 
ko‘rinishga ega? 
5.
AD-AS modelidagi makroiqtisodiy muvozanat holatini va uning 
shartlarini tushuntiring. 
6.
Yalpi talab o‘zgarishi modeldagi muvozanat holatiga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi? 
7.
Yalpi taklif o‘zgarishi modeldagi muvozanat holatiga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi? 


310 
24- bob. ISTE’MOL, JAMG‘ARISH VA INVESTITSIYA 
 
24.1. Iste’mol va jamg‘arish, ularning grafiklari va funksiyalari 
Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), 
yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko‘ra tarkibida eng katta ulushga ega 
bo‘lgan komponentdir. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika 
Qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra respublikamizda bu ulush 58,0 %ni tashkil 
etgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy 
tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham 
iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o‘zgarish qonuniyatlarini 
o‘rganish muhim ahamiyatga ega. 
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi 
ularning jamg‘armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg‘arish hajmi foz 
stavkasining funksiyasi deb qarashsa J.M. Keyns uy xo‘jaliklarining iste’mol 
xarajatlari va jamg‘arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab 
chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik 
kiritsak iste’mol va jamg‘arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo‘jaliklarining 
ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to‘lovlari va to‘lagan soliqlari bilan 
belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd) 
ko‘rsatkichidir
45
. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg‘armalar, milliy 
daromad yoki shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi. 
Ma’lumki, uy xo‘jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg‘arish uchun 
ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg‘ariladi va 
aksincha. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik har xil daromadga ega 
bo‘lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo‘lganlar, odatda, uning 
ko‘proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg‘aradi, lekin daromadlari oshib 
borishi bilan bu nisbat jamg‘arish foydasiga o‘sadi. Bu bog‘liqlikni gipotetik 
ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz (24.1-jadval). 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin