O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   410
MIKRO MAKRO

Keyns kesmasida 
iqtisodiyotni nisbatan qisqa 
muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi 
shartlarga tayanadi: 
˗
iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‘liq band bo‘lmagan sharoitda amal 
qiladi; 
˗
baholar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam 
ta’sirlanadi; 
˗
real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va bozor 
tebranishlaridan tez ta’sirlanadi. 
Vertikal yoki klassik kesma
da iqtisodiyot to‘liq bandlik sharoitiga yoki 
ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko‘ramiz. Iqtisodiyot egri 
chiziqning bu kesmasida o‘zining ishlab chiqarish potensiali darajasida bo‘ladi.
42
Bu shuni bildiradiki, baholarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining 
oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot to‘liq quvvatda faoliyat ko‘rsatayapti. 
To‘liq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga 
yuqoriroq baholarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat qiladi. 
Ammo, bunday holatda ayrim firmalarning resurslar va ishlab chiqarish hajmini 
oshirishi, boshqalari uchun yo‘qotishga olib keladi. Natijada bu mahsulotlar bahosi 
oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi o‘zgarmay qoladi. 
Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: 
42
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 290 


305 
-ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omilari hajmiga va 
texnologiyalarga bog‘liq va baholar daoajasiga bog‘liq emas; 
-ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda o‘zgarish sekinlik bilan ro‘y beradi; 
-iqtisodiyot to‘liq bandlik sharoitida amal qiladi, ya’ni ishlab chiqarish hajmi 
potensial darajaga teng; 
-baholar va nominal ish haqi o‘zgaruvchan, ularning o‘zgarishi bozorlarda 
muvozanatni ta’minlab turadi. 
Oraliq kesma 
– ishlab chiqarish real hajmining o‘sishi narxlar darajasining 
o‘sishiga mos ravishda o‘sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning pasayish 
holatidan to‘liq bandlikka o‘tishi noteks va turli vaziyatlarda ro‘y beradi. Masalan, ayrim 
tarmoqlarda resurslarning etishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda hozircha 
ortiqcha resurslar mavjud bo‘ladi. Shuningdek, ular ishlab chiqarishni kengaytirish 
uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga 
to‘g‘ri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada 
baholar darajasining o‘sishiga olib keladi. 
Ishlab chiqarish hajmi ko‘payishi yoki kamayishi bahoga bog‘liq bo‘lmagan 
omillar hisobiga ham ro‘y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig‘ini o‘ng yoki 
chap tomonga siljitishi mumkin. Bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillarnig xususiyati 
shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir qiladi va shu orqali 
yalpi taklif egri chizig‘ining siljishiga sabab bo‘ladi. 
Bu omillarga texnologiyalardagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish omillari 
mihdorining o‘zgarishi, resurslar baholarining o‘zgarishi, firmalarni soliqqa tortishdagi 
o‘zgarishlar boshqalar kiradi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin