301
pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko‘proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa
tovarlarga nisbatan arzonroq bo‘ladi (o‘rnini bosadigan tovarlar).
23.1-rasm. Yalpi talab egri chizig‘i
Milliy bozorda AD-egri chizig‘ining traektoriyasini, ya’ni uning quyiga
egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash
mumkin:
M V=Y P
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real
ishlab chiqarish hajmi.
Bu tenglamadan:
P = M V / Y va Y= M V / P
tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko‘rinadiki, baholar darajasi
qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past bo‘ladi, ya’ni pul massasi (M) va
uning aylanish tezligi (V) o‘zgarmas bo‘lsa baholar darajasi va yalpi talab o‘rtasida
teskari bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.
23.2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari
Baholar darajasi va yalpi talab o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni , shuningdek
quyidagi baho omillari bilan izohlanadi:
1.
Foiz stavkasi samarasi;
2.
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;
3.
Import xaridlar samarasi.
Dostları ilə paylaş: