300
23- bob. YALPI TALAB-YALPI TAKLIF MODELI
23.1. Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpi talab
tushunchasi va grafigi
Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga bog‘liq bo‘lib, ular
hajmlarining o‘zgarishi baholarning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Baholarning
o‘zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik
umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladigan milliy bozorga ham ta’luqlidir.
Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog‘liqlik talab va taklif modeli
yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko‘lamda milliy ishlab
chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining o‘zgarishi
o‘rtasida bog‘liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim
davrlarda barqaror o‘sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab berish uchun bu
modellardan foydalanib bo‘lmaydi.
Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand-
aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi40.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar
darajalarining tebranishlarini hamda ular o‘zgarishining oqibatlarini o‘rganish uchun
bazaviy model bo‘lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy
siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning
baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va
xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir.
Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan
yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig‘indisidir.
Formula ko‘rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: