297
pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini anglatadi.
Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi. Har ikkala holat ham
baholar darajasinining ko‘tarilishiga olib keladi, ya’ni talab inflatsiyasi ro‘y beradi.
Ishsizlik va inflatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik
ingliz
iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniqlangan va
Fillips egri chizig‘i
(4.1 - rasm)
deb ataladi.
Fillips egri chizig‘i ishsizlik va inflatsiya darajalari o‘rtasidagi
teskari
bog‘lig‘likni xarakterlaydi.
22.1-rasm. Fillips egri chizig‘i
Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga ko‘ra, shuningdek, inflatsiyaning qaysi
turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig‘idagi inflatsiya va ishsizlik darajalarining
kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflatsiyaning
sur’atiga bog‘liq. Kutilayotgan inflatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa
ishsizlikning har qanday darajasida (sur’ati past bo‘lgan
inflatsiya darajasiga
nisbatan) haqiqiy inflatsiya darajasi yuqori bo‘ladi. Ishsizlik darajasi va inflatsiya
sur’atining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin:
Yh – Yp
π = πkut + f
( ) + ε
Dostları ilə paylaş: