293
22- bob. INFLATSIYA VA INFLATSIYAGA QARSHI SIYOSAT
22.1. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari
Inflatsiya -
ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy)
darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi
38
.30
Inflatsiya (lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish) - bozor iqtisodiyotining
asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati
qanchalik yuqori
bo‘lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo‘ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy
tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‘tayotgan mamlakatlarda inflatsiyaning
iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga
muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog‘liq.
Ammo inflatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi:
ayrimlariniki barqaror bo‘lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865
yillardagi
Fuqarolar urushi davrida qo‘llanildi. Inflatsiyaning atamasi muomaladagi qog‘oz pul
massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko‘payib ketishi
holatini izohlangan. . Ammo inflatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning
sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflatsiya pul muomalasi
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy
muvozanatning buzilishini,
talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to‘liq
bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‘lishida deb bilishadi. Shu sababli ular
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo‘lsa budjet taqchilligi va
qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan xarid qobiliyatini,
boshqacha aytganda yalpi
talabni ko‘paytirish inflatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflatsiyaning manbai ishlab chiqarishning
haddan ziyod o‘sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishida deb bilishadi.
Demak keynschilar inflatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar
esa taklif tomonidan
yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan
sekinroq o‘ssa, yoki yalpi talab ko‘paygani holda o‘zgarmasdan tursa, bu
nomutanosiblik baholar darajasining ko‘tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul
birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo‘shimcha pul
massasiga ehtiyoji paydo bo‘ladi.
Inflatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi,
balki butun takror ishlab
chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning
o‘sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan
tashqari inflatsiya namoyon
bo‘lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
38
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth
Publishers, 2013): 101
294
1)
valuta kururslarining o‘zgarishi;
2)
kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi
tomon o‘zgarishi;
3)
kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o‘sishi.
Inflatsiya baho indekslari - deflator va iste’mol
narxlar indeksi yordamida
aniqlanadi.
Baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‘zgarishi
Dostları ilə paylaş: