302
xarajatlarni to‘lashga katta miqdorda pul zarur bo‘ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar
bahosi darajalarining yuqoriligi pulga bo‘lgan talabni oshiradi.
Pul taklifi hajmi o‘zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini
ko‘rsatilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo‘lgan sharoitda ishbilarmonlarning
investitsiya tovarlariga bo‘lgan talabi pasayadi.
Investitsiya harajatlari yalpi talabning bir qismi bo‘lganligi tufayli bu yalpi talab
hajmining pasayishiga olib keladi.
P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi
shuni bildiradiki, narxlar
darjasining oshishi, jamg‘arilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligatsiyalar) real
xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning
real qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan iste’mol xarajatlar miqdorini qisqartiradi.
Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so‘m bo‘lsa, undan hech ikkilanmasdan
birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflatsiya ta’sirida mashina narxi 12 mln. so‘mga
ko‘tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so‘m to‘plash uchun joriy
davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko‘proq qismini jamg‘aradi.
Iste’mol xarajati yalpi talabning bir qismi bo‘lganligi tufayli uning kamayishi
ADning pasayishiga olib keladi.
Moliyaviy
P↑ → aktivlarning ↓ → C↓ (S↑ ) → AD↓ real qiymati
Import xaridlar samarasi
shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va
xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda
ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va o‘z navbatida shu
mamlakatda import mahsulotlarga bo‘lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning
pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YaIMga talab
oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga ta’sir
ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: