O‘zbеkiston rеspublikаsi


ishsizlikning tabiiy darajasi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   410
MIKRO MAKRO

ishsizlikning tabiiy darajasi 
deyiladi. 
Bunga ish qidiruvchilar soni bo‘sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish 
mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig‘indisiga teng 
bo‘ladi. 
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va 
milliy an’analar bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi. 
Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy 
ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik 
darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish bilan 
band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga bo‘linadi. 
21.3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni 
Barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi 
holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning 
ishlab chiqarish potensiali 
deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali 
potensial YaIM ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi. 
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o‘z 
iqtisodiy potensialini to‘liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh) 
potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Ya’ni YaIMning uzilishi (YuZ) ro‘y 
beradi. 
Yh – Yp 
YuZ= 100 
Yp 


291 
Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan 
to‘liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi 
tushuniladi. 
Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo‘q deb emas, 
balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi. 
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YaIM hajmini 
ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida 
saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning 
haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo‘lsa, YaIM uzilishi 
shuncha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM 
dan katta bo‘ladi. 
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz 
iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, 
OUKEN qonuni deyiladi.26 Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning 
haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 
1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. 
YaIMning pastroq darajasi o‘z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar 
daromadlarining nisbatan kamroq bo‘lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini 
investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi. 
Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlari hajmini 
aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient 
miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig‘ida deb hisoblanadi
37

Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin