290
joylarni o‘zgartirish, o‘quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib
chiqadi. U doimo mavjud bo‘lib, ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi.
Tarkibiy ishsizlik.
Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining
o‘zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o‘zgarishi natijasida ishsiz qolganlar
kiradi. Unga asosan malakalarini o‘zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb
egallashi lozim bo‘lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy
ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud bo‘ladi
va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi
darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi.
Davriy ishsizlik
asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga
bo‘lgan talabning kamayishidan paydo bo‘ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga
bo‘lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq, yalpi tatalabning kamayishini, va
oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning o‘sishini bildiradi.
To‘la ish bilan bandlik
ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini
bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo‘lganligini hisobga
olsak, biz mutlaq to‘la ish bilan bandlilikka erishib bo‘lmasligini tushunamiz.
Agarda davriy ishsizlik bo‘lmasa, u holda to‘la ish bilan bandlilikka erishiladi.
To‘la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik,
Dostları ilə paylaş: