Taklif inflatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining
kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bo‘ladi.
Bunday hollarda ortiqcha talab bo‘lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi.
Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning
bahosi oshadi. Yalpi taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan
xarajatlarning o‘sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg‘i
narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining
buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab
chiqarish omillari bahosining keskin ko‘payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi
olimlarning fikriga ko‘ra, taklif inflatsiyasi o‘z-o‘zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning
pasayishi xarajatlarning qo‘shimcha o‘sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning o‘sishi
nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab inflatsiyasini cheklash
uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘ladi. Inflatsiya darajasi yuqori
bo‘lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda
nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo‘ladi. Daromadlarni ishlab
chiqarish tomonidan ta’minlanmagan o‘sishi aholi qo‘lidagi pulning taklif
qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul
birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi pulga joriy yilda o‘tgan
yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi
kamayadi. Misol uchun, joriy yilda aholining nominal daromadlari 30% ga
ko‘paygan, narxlar darajasi 50% ga oshgan bo‘lsa, unda aholining real daromadlari
20% ga kamaygan bo‘ladi. Chunki, narxlarning o‘sishi aholi pul daromadlarining
o‘sishidan yuqori bo‘lgan (30% - 50%q- 20%).
Inflatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki
kutilmayotganiga ham bog‘liq.