296
bu yerda i-nominal foiz stavkasi; r- real foiz stavkasi; πkut - kutilayotgan
infnflyasiya darajasi
39
.
Inflatsiya sur’ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagi ko‘rinishni
oladi:
i - πkut.
r = -----------
1+ πkut.
Kutilmagan inflatsiya
daromadlarni debitorlar va kreditorlar o‘rtasida
kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflatsiya
daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad
oluvchilar o‘rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va taklif
inflatsiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflatsiya bir- biri bilan
qo‘shilib ketadi. Masalan, talab inflatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan
inflatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat shartnomalariga
kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflatsiyasini keltirib chiqaradi.
Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag‘larini
tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflatsiyasi ko‘rinishini keltirib
chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflatsiyani keltirib chiqarishi
mumkin. Giperinflatsiya boshqarib bo‘lmaydigan inflatsiya jarayoni bo‘lib, ishlab
chiqarish va bandlik darajalariga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Yillik sur’ati bir necha
o‘n yoki yuz foizni tashkil etgan inflatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki
kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflatsiya uning halokatini, butun bozor
mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflatsiyaning rasmiy mezoni amerikalik
iqtisodchi Fillipp Kegan tomonidan kiritilgan. F. Kegan giperinflatsiyaning
boshlanishi deb baholarning birinchi bor 50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa
baholarning o‘sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan so‘ng kamida bir yil davomida
undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflatsiya
sharoitida pul o‘zining qiymat o‘lchovi va almashinuv vositasi singari funksiyalarini
bajarolmay qoladi. Normal iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag‘lar ishlab
chiqarishga emas, balki tovar-moddiy boyliklari jamg‘arishga yo‘naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: