O‘zbеkiston rеspublikаsi


 Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə301/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   410
MIKRO MAKRO

 
24.3. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi 
YaIMning ikkinchi komponenti bo‘lgan investitsiyalarga to‘xtalib o‘tamiz. 
Investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin 
ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, 
ular foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, 
iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat 
xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asищи-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu 
bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir. 
Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. 
47
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 65 


315 
Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko‘p 
duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash obyektiga ko‘ra uch 
turga bo‘linadi. 
1.
Ishlab chiqarish investitsiyalari; 
2.
Tovar-moddiy zahiralariga investitsiya; 
3.
Uy-joy qurilishiga investitsiya. 
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida 
real foiz stavkasi qaraladi
48
. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi 
kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular 
ko‘rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo‘yadi. 
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi 
dinamikasiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishini ko‘rsatadi. 
Avtonom invstitsiya funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
I = e - dR 
Bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari; 
e – foiz stavkasi 0 ga teng to‘lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal 
hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, yer, foydali qazilma 
boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi; 
R – real foiz stavkasi; 
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o‘zgarishga ta’sirchanligini 
miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin