317
I = e - dR + γY
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‘payishiga olib keladi. Korxona
foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya
xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi
sharoitida bo‘sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib
ketadi. Ammo YaIMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda
bo‘lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar
tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo‘lmaydi.
Qisqа хulosаlаr
Iste’mol xarajatlarini YaIMning eng yirik komponenti bo‘lib, uning hajmini
avvalo uy xo‘jaliklarining tasarrufidagi daromadi belgilaydi. Aholining daromadlari
miqdori oshib borishi bilan undagi jamg‘armalar ulushi ham oshib boradi.
Iste’mol va jamg‘arish hajmi, shuningdek iste’molchilar boyliklari darajasiga,
narx va soliq o‘zgarishlari, iste’molchilarning qarzi darajasiga va boshqa omillarga
bog‘liq.
Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik aholi daromadlarining qancha qismi
iste’molga va qancha qismi jamg‘armaga sarflanganligini xarakterlovchi
ko‘rsatkichlardir.
Iste’molga chegaraviy moyillik (MRS) iste’moldagi o‘zgarishlarni ixtiyordagi
daromad darajasidagi o‘zgarishga bo‘lib topiladi. MRS ning katta yoki kichikligi
fiskal siyosat samaradorligini belgilovchi omillardan biridir.
Investitsiya yoki kapital qo‘yilmalar hali buyumlashmagan, lekin ishlab
chiqarish vositalariga qo‘yilgan mablag‘ hisoblanadi. Investitsiya xarajatlari
dinamikasi, foiz stavkasi, kutilayotgan sof foyda normasi va boshqa bir qancha
omillarga bog‘liq.
Investitsiya hajmining YaIM hajmiga bog‘liqligini xarakterlovchi model
- akselerator modeli deyiladi.
Dostları ilə paylaş: