316
24.4. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa
omillar. Akselerator modeli
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo‘lib
kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya
xarajatlari miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik bo‘lsa, kutilayotgan sof foyda normasi
(KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik bor.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa,
investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan
foyda miqdoridan
yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali bo‘lmay qoladi.
Misol uchun, zavodga 100000 so‘mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi
stanokni qo‘llashdan zavod 10.000 so‘m sof foyda olgan bo‘lsin. Kutilayotgan sof
foyda normasi quyidagicha aniqlanadi:
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda
nominal foiz stavkasi
emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining
o‘zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflatsiya darajasi ayirmasi ko‘rinishida
aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo‘lsa,
inflatsiya darajasi
yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi.
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar
kiradi:
1.
Soliqqa
tortish darajasi;
2.
Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‘zgarishlar;
3.
Mavjud bo‘lgan asosiy kapital miqdori;
4.
Investorlarning kutishi;
5.
Yalpi daromadlarning o‘zgarishi.
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo
bo‘lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o‘zgarmagan sharoitda
ham) ko‘payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining
ortishiga turtki
beradi.
Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog‘liqligini
akselerator modeli aks ettiradi:
Dostları ilə paylaş: