310
24- bob. ISTE’MOL, JAMG‘ARISH VA INVESTITSIYA
24.1. Iste’mol va jamg‘arish, ularning grafiklari va funksiyalari
Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi),
yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko‘ra tarkibida eng katta ulushga ega
bo‘lgan komponentdir. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika
Qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra respublikamizda bu ulush 58,0 %ni tashkil
etgan.
Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy
tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham
iste’mol xarajatlariga ta’sir
etuvchi omillarni, uning o‘zgarish qonuniyatlarini
o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi
ularning jamg‘armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg‘arish hajmi foz
stavkasining funksiyasi deb qarashsa J.M. Keyns uy xo‘jaliklarining iste’mol
xarajatlari va jamg‘arishlari hajmini belgilovchi
asosiy omil ularning ishlab
chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik
kiritsak iste’mol va jamg‘arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo‘jaliklarining
ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to‘lovlari va to‘lagan
soliqlari bilan
belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd)
ko‘rsatkichidir
45
. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg‘armalar, milliy
daromad yoki shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Ma’lumki, uy xo‘jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg‘arish
uchun
ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg‘ariladi va
aksincha. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik har xil daromadga ega
bo‘lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo‘lganlar, odatda, uning
ko‘proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg‘aradi, lekin daromadlari oshib
borishi bilan bu nisbat jamg‘arish foydasiga o‘sadi. Bu bog‘liqlikni gipotetik
ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz (24.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: