O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   410
MIKRO MAKRO

Kutilayotgan inflatsiya 
sharoitida daromad oluvchi 
inflatsiyaning u olayotgan daromadga ta’sirini kamaytirish, ya’ni real daromadi 
darajasini saqlab qolish chorasini ko‘radi. 
Bu uchun Fisher tenglamasidan foydalanish mumkin: 
i = r + πkut 
 


296 
bu yerda i-nominal foiz stavkasi; r- real foiz stavkasi; πkut - kutilayotgan 
infnflyasiya darajasi
39

Inflatsiya sur’ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagi ko‘rinishni 
oladi: 
i - πkut. 
r = ----------- 
1+ πkut. 
 
Kutilmagan inflatsiya 
daromadlarni debitorlar va kreditorlar o‘rtasida 
kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflatsiya 
daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad 
oluvchilar o‘rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va taklif 
inflatsiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflatsiya bir- biri bilan 
qo‘shilib ketadi. Masalan, talab inflatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan 
inflatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat shartnomalariga 
kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflatsiyasini keltirib chiqaradi. 
Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag‘larini 
tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflatsiyasi ko‘rinishini keltirib 
chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflatsiyani keltirib chiqarishi 
mumkin. Giperinflatsiya boshqarib bo‘lmaydigan inflatsiya jarayoni bo‘lib, ishlab 
chiqarish va bandlik darajalariga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Yillik sur’ati bir necha 
o‘n yoki yuz foizni tashkil etgan inflatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki 
kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflatsiya uning halokatini, butun bozor 
mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflatsiyaning rasmiy mezoni amerikalik 
iqtisodchi Fillipp Kegan tomonidan kiritilgan. F. Kegan giperinflatsiyaning 
boshlanishi deb baholarning birinchi bor 50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa 
baholarning o‘sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan so‘ng kamida bir yil davomida 
undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflatsiya 
sharoitida pul o‘zining qiymat o‘lchovi va almashinuv vositasi singari funksiyalarini 
bajarolmay qoladi. Normal iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag‘lar ishlab 
chiqarishga emas, balki tovar-moddiy boyliklari jamg‘arishga yo‘naltiriladi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin