O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   410
MIKRO MAKRO

Friksion ishsizlik. 
Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan 
ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi
36
. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar 
35
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 37 
36
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 180 


290 
joylarni o‘zgartirish, o‘quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib 
chiqadi. U doimo mavjud bo‘lib, ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi. 
Tarkibiy ishsizlik. 
Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining 
o‘zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o‘zgarishi natijasida ishsiz qolganlar 
kiradi. Unga asosan malakalarini o‘zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb 
egallashi lozim bo‘lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy 
ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud bo‘ladi 
va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi 
darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi. 
Davriy ishsizlik 
asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga 
bo‘lgan talabning kamayishidan paydo bo‘ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga 
bo‘lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq, yalpi tatalabning kamayishini, va 
oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning o‘sishini bildiradi. 
To‘la ish bilan bandlik 
ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini 
bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo‘lganligini hisobga 
olsak, biz mutlaq to‘la ish bilan bandlilikka erishib bo‘lmasligini tushunamiz. 
Agarda davriy ishsizlik bo‘lmasa, u holda to‘la ish bilan bandlilikka erishiladi. 
To‘la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin