O‘zbеkiston rеspublikаsi


 Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   410
MIKRO MAKRO

20.2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari 
Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot 
va yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala 
agregat ko‘rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada 
kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular o‘zaro farq qilishadi. 
Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qo‘llaydigan deyarli barcha 
davlatlarda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich 
sifatida tan olindi. 
Ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda YaIMga ishlab chiqarilishida qo‘llanilgan 
resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar, mamlakatning jug‘rofiy hududida 
yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yig‘indisi deb ta’rif berib 
kelingan. 
1993 yilda qabul qilingan (2008 yilda yangi tahrir) BMT MHTning yangi 
talqiniga ko‘ra Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi. 
Yangicha talqiniga ko‘ra: 
Yalpi ichki mahsulot - 
mamlakat hududida ma’lum muddat davomida ishlab 
chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisidan 
iborat
23

YaIM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan 
yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy 
shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida 
bir yildan ortiq faoliyat yuritsa o‘sha mamlakat rezidenti deb qaraladi. 
«Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur mamlakatning 
iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bo‘lgan (ishlab chiqarish 
faoliyati bilan shug‘ullanadigan, yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq 
yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar(korxonalar, uy xo‘jaliklari) rezident 
hisoblanishadi»
24

Elchixonalar va harbiy bazalar o‘zlari tegishli bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy 
makoni bo‘lib qolaveradilar. Aynan shu jihat YaIMni hisoblashda iqtisodiy va 
jug‘rofiy hudud o‘rtasidagi farq deb qaraladi. 
YaIM uch xil usul bilan hioblanadi: 
1)
ishlab chiqarish usuli; 
2)
xarajatlar usuli; 
23
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 21 
24
Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-
М.:Издательство “Дело и сервис”, 2005. 25-с. 


274 
3)
daromadlar usuli. 
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar 
istisno etilganda o‘zaro teng bo‘lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan 
YaIM ko‘rsatkichni hisoblashda o‘ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi
25
.10 
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning asosiy shartlari quyidagilar: 
-yakuniy tovarlar va xizmatlar bahosini ifodalaydi; 
-bozor baholarida hisoblanadi; 
-faqat joriy yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar bahosini o’z ichiga 
oladi; 
-sof moliyaviy bitimlar bahosini o’z ichiga olmaydi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin